372-modda. Ragʻbatlantirish xususiyatiga ega toʻlovlar
Ragʻbatlantirish xususiyatiga ega toʻlovlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
1) yillik ish yakunlari boʻyicha pul mukofoti;
2) yuridik shaxsning mukofotlash toʻgʻrisidagi nizomida nazarda tutilgan ragʻbatlantirish xususiyatiga ega toʻlovlar;
3) kasb mahorati, murabbiylik uchun tarif stavkalariga va maoshlarga ustamalar;
4) taʼtilga qoʻshimcha haqlar hamda ushbu Kodeks 377-moddasining 10-bandida koʻrsatilmagan moddiy yordam;
5) koʻp yil ishlaganlik uchun pul mukofoti va toʻlovlar;
6) ratsionalizatorlik taklifi uchun toʻlov;
7) mehnat natijalari bilan bogʻliq boʻlmagan bir yoʻla beriladigan mukofotlar.
Matn lex.uz dagi 2026-yil 6-avgust holatidagi tahrir asosida. 2026-yil 11-sentabr va 21-oktabrda e'lon qilingan o'zgartishlar bu matnga hali kiritilmagan; amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring. Bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun berilgan.