РусскийEnglish

387-modda. Soliq agentlarida soliq solinadigan daromadlar

Soliq agentida soliq solinadigan daromadlarga quyidagilar kiradi:

1) ushbu Kodeksning 371-moddasiga muvofiq jismoniy shaxslarning mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlari;

2) ushbu Kodeksning 376-moddasiga muvofiq moddiy naf tarzidagi daromadlar;

3) ushbu Kodeksning 375-moddasiga muvofiq mulkiy daromadlar;

4) ushbu Kodeksning 377-moddasiga muvofiq boshqa daromadlar.

Oʻzi bilan mehnatga oid munosabatlarda boʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasining rezidenti boʻlgan jismoniy shaxsga moddiy naf tarzida daromad toʻlovchi soliq agenti jismoniy shaxsning yozma arizasi asosida soliqni ushlab qolmaslikka haqli. Bunda soliq toʻlovchi moddiy naf tarzidagi daromad boʻyicha ushbu Kodeksning 393-moddasiga muvofiq soliqni toʻlashi shart.

Matn lex.uz dagi 2026-yil 6-avgust holatidagi tahrir asosida. 2026-yil 11-sentabr va 21-oktabrda e'lon qilingan o'zgartishlar bu matnga hali kiritilmagan; amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring. Bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun berilgan.