390-modda. Soliqni toʻlash tartibi
Toʻlov manbaida hisoblab chiqarilgan soliq summasi soliq toʻlovchiga daromadlarni toʻlash bilan bir vaqtda, lekin soliq hisobotini taqdim etish muddatlaridan kechiktirmay soliq agenti tomonidan toʻlanadi.
Daromadlar natura shaklida amalga oshirilganda soliq natura tarzidagi toʻlov amalga oshirilgan oy tugaganidan keyin besh kun ichida toʻlanadi.
Matn lex.uz dagi 2026-yil 6-avgust holatidagi tahrir asosida. 2026-yil 11-sentabr va 21-oktabrda e'lon qilingan o'zgartishlar bu matnga hali kiritilmagan; amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring. Bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun berilgan.