РусскийEnglish

394-modda. Ayrim toifadagi soliq toʻlovchilar tomonidan olingan daromadlarga soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari

Ushbu Kodeks 385-moddasining uchinchi qismida koʻrsatilgan jami yillik daromad toʻgʻrisidagi deklaratsiya asosida soliq toʻlaydigan soliq toʻlovchilar daromadlarni olish bilan bogʻliq boʻlgan daromadlar va xarajatlar hisobini yuritishi shart hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan haqiqatda amalga oshirilgan va hujjatlar bilan tasdiqlangan xarajatlarni daromaddan chegirib tashlash huquqiga ega. Bunda soliq toʻlovchilarning ushbu Kodeks 385-moddasining uchinchi qismida koʻrsatilgan jami daromadi tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilinishidan olingan daromadlardan, shuningdek ushbu Kodeksning 370-moddasida koʻrsatilgan boshqa daromadlardan iborat.

Matn lex.uz dagi 2026-yil 6-avgust holatidagi tahrir asosida. 2026-yil 11-sentabr va 21-oktabrda e'lon qilingan o'zgartishlar bu matnga hali kiritilmagan; amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring. Bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun berilgan.