410-modda. Soliq toʻlovchilar
Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqning soliq toʻlovchilari (bundan buyon ushbu bobda soliq toʻlovchilar deb yuritiladi) deb quyidagilar eʼtirof etiladi:
1) Oʻzbekiston Respublikasi hududida ushbu Kodeksning 411-moddasiga muvofiq soliq solish obyekti hisoblanuvchi mol-mulkka ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxslari;
2) Oʻzbekiston Respublikasi hududida koʻchmas mulkka ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar.
Agar koʻchmas mulk mulkdorining joylashgan yerini aniqlashning imkoni boʻlmasa, ushbu mulkka egalik qiluvchi va (yoki) undan foydalanuvchi shaxs soliq toʻlovchi hisoblanadi.
Agar yuridik shaxs koʻchmas mulkni moliyaviy ijaraga (lizing) olgan boʻlsa, u ham soliq toʻlovchi deb eʼtirof etiladi, bundan ushbu Kodeksning 480⁶-moddasida nazarda tutilgan hollar mustasno.
(410-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 27-martdagi OʻRQ-1126-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.03.2026-y., 03/26/1126/0279-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 29-iyun)
Matn lex.uz dagi 2026-yil 6-avgust holatidagi tahrir asosida. 2026-yil 11-sentabr va 21-oktabrda e'lon qilingan o'zgartishlar bu matnga hali kiritilmagan; amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring. Bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun berilgan.