418-modda. Soliq toʻlovchilar
Mulkida ushbu Kodeksning 419-moddasiga muvofiq soliq solish obyekti deb tan olinadigan mol-mulki boʻlgan jismoniy shaxslar, shu jumladan chet el fuqarolari, agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, shuningdek yuridik shaxs tashkil etgan holdagi yoki etmagan holdagi dehqon xoʻjaliklari jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk soligʻining soliq toʻlovchilari (bundan buyon ushbu bobda soliq toʻlovchilar deb yuritiladi) deb eʼtirof etiladi.
Agar mol-mulk mulkdorining joylashgan yerini aniqlash imkoni boʻlmasa, shuningdek koʻchmas mulk mulkdori vafot etgan taqdirda, bu mulk qaysi shaxsning egaligida va (yoki) foydalanishida boʻlsa, oʻsha shaxs soliq toʻlovchi deb eʼtirof etiladi.
Matn lex.uz dagi 2026-yil 6-avgust holatidagi tahrir asosida. 2026-yil 11-sentabr va 21-oktabrda e'lon qilingan o'zgartishlar bu matnga hali kiritilmagan; amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring. Bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun berilgan.