РусскийEnglish

434-modda. Soliq solish obyekti

Quyidagi yer uchastkalari jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻining (bundan buyon ushbu bobda soliq deb yuritiladi) soliq solish obyektidir:

1) jismoniy shaxslarga qishloq xoʻjaligi maqsadlari uchun, shuningdek dehqon xoʻjaligini yuritish uchun belgilangan tartibda berilgan yer uchastkalari;

(434-modda birinchi qismining 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-812-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 03/22/812/1145-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)

2) yakka tartibda uy-joy qurilishi uchun belgilangan tartibda berilgan yer uchastkalari;

(434-modda birinchi qismining 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi OʻRQ-775-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)

3) jamoa bogʻdorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun berilgan, shuningdek yakka tartibdagi va jamoa garajlari egallagan yer uchastkalari;

(434-modda birinchi qismining 3-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-659-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 03/20/659/1681-son — 2021-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)

4) xizmat yuzasidan berilgan chek yerlar;

5) meros boʻyicha, hadya qilinishi yoki sotib olinishi natijasida uy-joy va imoratlar bilan birgalikda mulk huquqi, egalik qilish va foydalanish huquqi ham oʻtgan yer uchastkalari;

6) qonunchilikda belgilangan tartibda mulk qilib sotib olingan yer uchastkalari;

(434-modda birinchi qismining 6-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

7) tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun foydalanishga yoki ijaraga berilgan yer uchastkalari.

Koʻp kvartirali uylar egallagan va koʻp kvartirali uylar mulkdorlariga umumiy foydalanish (notijorat maqsadlarda) uchun doimiy foydalanish huquqi asosida berilgan koʻp kvartirali uylarga tutash yer uchastkalari soliq solish obyekti boʻlmaydi, bundan ushbu modda birinchi qismining 7-bandida koʻrsatilgan yer uchastkalari va koʻp kvartirali uylarda joylashgan yashash uchun moʻljallanmagan koʻchmas mulk obyektlari mustasno.

(434-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-dekabrdagi OʻRQ-891-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 03/23/891/0989-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)

Matn lex.uz dagi 2026-yil 6-avgust holatidagi tahrir asosida. 2026-yil 11-sentabr va 21-oktabrda e'lon qilingan o'zgartishlar bu matnga hali kiritilmagan; amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring. Bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun berilgan.