РусскийEnglish

452-modda. Soliq stavkalari

Soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:

T/r

Foydali qazilmalar guruhi

Soliq solish obyektining nomi

Soliq stavkalari, foizlarda

1.

Energiya manbalari

Neft, tabiiy gaz, gaz kondensati

10

Utilizatsiya qilingan tabiiy gaz, realizatsiya qilingan hajmi boʻyicha

5

Yer ostiga joylashtirilgan gaz

2,6

Koʻmir, yonuvchi slanslar

4

2.

Qimmatbaho metallar

Oltin, kumush, palladiy, platina va platina guruhi, osmiy va boshqa qimmatbaho metallar

7

3.

Rangli metallar

Mis, qoʻrgʻoshin, rux, molibden, nikel, kobalt, qalay, surma, simob, aluminiy

7

Boshqa rangli metallar

10

4.

Radioaktiv metallar, nodir elementlar va nodir yer elementlari

Uran, toriy, radiy

8

Volfram

2,7

Reniy, selen, tellur, indiy, vismut, tantal, niobiy, berilliy, litiy, rubidiy, seziy, galiy, titan, sirkoniy, gafniy, talliy, kadmiy

8

Lantan va lantanoidlar, ittriy, skandiy

8

Boshqa radioaktiv metallar, nodir elementlar va nodir yer elementlari

8

5.

Nodir tosh xom ashyosi

Feruza, listvenit, rodonit, zmeyevik, marmar yoʻl-yoʻl aqiq, kaxolong, yashma, xalsedon, aqiq, gematit va boshqa qimmatbaho, yarim qimmatbaho va zeb‑ziynat uchun toshlar xom ashyosi

10

6.

Qora metallar

Temir

2

Titan, marganets, xrom, vanadiy va boshqa qora metallar

4

7.

Kon-kimyo xom ashyosi

Mineral pigmentlar

5,5

Yod

4,8

Mineral tuzlar (tosh tuz (ovqatga ishlatiladigani), kaliy tuzi, sulfat tuzi), karbonat xomashyosi (ohaktoshlar, dolomitlar), mineral oʻgʻitlar (glaukonit, fosforitlar va boshqalar) hamda boshqa kon-kimyo xomashyosi

3,5, biroq 6 591

soʻm/kub.m dan kam boʻlmagan

8.

Kon-ruda xom ashyosi

Eruvchan shpat, dala shpati xom ashyosi, kvars va kvarsit, kaolin (realizatsiya qilingan hajmi boʻyicha), tabiiy grafit

7,9

Shisha xom ashyosi, kvars qum, brusit marmar

3

Talk va talk toshi, talkli magnezit, vollastonit, asbest, barit, vermikulit, qoliplash xom ashyosi, felzit

4

Serpentinit va boshqa kon-ruda xom ashyosi

5

9.

Noruda qurilish materiallari

Sement xomashyosi, bundan sement ishlab chiqarish uchun moʻljallangan ohaktosh mustasno

5

Sement ishlab chiqarish uchun moʻljallangan ohaktosh

7062 soʻm/tonna*

Arralanadigan xarsangtosh, xarsangtosh, ohaktosh-chigʻanoq, ohaktosh (sement va ohak ishlab chiqarish uchun moʻljallangan ohaktoshdan tashqari), dolomitlar, qurilishda ishlatiladigan mayda toshlar, bazalt, granodioritlar, granosiyenitlar, siyenitlar, porfiritlar, diabaz-porfiritlar, gabbro, slanets jinslari, karbonat xomashyosi, travertin

5, biroq 6 591 soʻm/kub.m dan kam boʻlmagan

Tabiiy bezaktoshdan bloklar

5, biroq 10 700 soʻm/kub.m dan kam boʻlmagan

Marmar

5, biroq 21 400 soʻm/kub.m dan kam boʻlmagan

Granitlar

5, biroq 32 100 soʻm/kub.m dan kam boʻlmagan

Gips toshi, gips va angidrid, ganch

5, biroq 17 066 soʻm/tonnadan kam boʻlmagan

Gʻisht-cherepitsa xomashyosi, lyosslar va lyossimon jinslar

5, biroq 4 943 soʻm/kub.m dan kam boʻlmagan

Qurilish qumi, qumtoshlar, qum-shagʻal aralashmasi**

5 350 soʻm/kub.m dan kam boʻlmagan

Ohak ishlab chiqarish uchun moʻljallangan ohaktosh, farfor xomashyosi, keramzit xomashyosi, mergel, argillitlar, vulqon jinslari, pelitli tuffitlar, mineral tola ishlab chiqarish uchun bazalt, diabaz, gliyej, andezibazalt, temir tarkibli qoʻshimchalar, magnetit-gematitli jinslar va boshqa noruda qurilish materiallari hamda keng tarqalgan foydali qazilmalar

5

10.

Texnogen mineral hosilalardan ajratib olingan foydali qazilmalar

Asosiy foydali qazilmani qazib olganlik uchun soliq stavkasining 50 foizi

* Belgilangan soliq stavkasi boʻyicha soliq sement ishlab chiqaruvchi zavodlar, shuningdek ularga sement xom ashyosi — ohaktoshni realizatsiya qiladigan soliq toʻlovchilar tomonidan toʻlanadi.

** Foyda soligʻini va qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblash maqsadida qum-shagʻal aralashmasini karyerda realizatsiya qilish bahosi 1 kub metr uchun 20 ming soʻmdan kam boʻlishi mumkin emas.

(452-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1108-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 03/25/1108/1217-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-yanvar)

Xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari noruda qurilish materiallari uchun (sement ishlab chiqarish uchun moʻljallangan ohaktoshdan tashqari) qatʼiy belgilangan soliq stavkalariga 1,3 baravargacha oshiruvchi koeffitsiyent belgilashga haqli.

(452-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-1014-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2024-y., 03/24/1014/1067-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-yanvar)

Agar 2021-yilning 1-sentabriga qadar kuchga kirgan bitimlar va shartnomalarda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, uglevodorodlarni, qimmatbaho, rangli va (yoki) radioaktiv metallarni, nodir elementlarni va nodir yer elementlarini qazib olishni (ajratib olishni) amalga oshiruvchi, shuningdek mahsulot taqsimotiga oid bitim doirasida amalga oshiruvchi, davlat ulushi ustun mavqega ega boʻlgan korxonalarga, agar ushbu moddaning toʻrtinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha oshirilgan stavkalarni belgilashi mumkin.

(452-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-1014-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2024-y., 03/24/1014/1067-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-yanvar)

Ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan soliq stavkalari (bundan oltin, kumush, palladiy, mis va uran uchun belgilangan soliq stavkalari mustasno) 2022-yil 1-yanvardan keyin qazib olish boshlangan yer qaʼri uchastkasida uglevodorodlarni, qimmatbaho, rangli va radioaktiv metallarni, nodir elementlarni va nodir yer elementlarini qazib olishni (ajratib olishni) amalga oshiruvchi, davlat ulushi ustun mavqega ega boʻlgan korxonalarga nisbatan ham qoʻllaniladi.

(452-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-dekabrdagi OʻRQ-891-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 03/23/891/0989-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)

Matn lex.uz dagi 2026-yil 6-avgust holatidagi tahrir asosida. 2026-yil 11-sentabr va 21-oktabrda e'lon qilingan o'zgartishlar bu matnga hali kiritilmagan; amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring. Bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun berilgan.