РусскийEnglish

458-modda. Soliq bazasi

Quyidagilar yigʻimlarning soliq bazasi hisoblanadi:

Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirayotganida yoki uning hududi orqali tranzit oʻtayotganida — chet davlatlarning avtotransport vositalari;

yuk koʻtarish quvvati 10 tonnadan yuqori boʻlgan yuk avtotransporti vositalari va tirkamalari.

(458-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-dekabrdagi OʻRQ-891-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 03/23/891/0989-son — 2024-yil 1-apreldan eʼtiboran amalga kiritiladi)

Matn lex.uz dagi 2026-yil 6-avgust holatidagi tahrir asosida. 2026-yil 11-sentabr va 21-oktabrda e'lon qilingan o'zgartishlar bu matnga hali kiritilmagan; amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring. Bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun berilgan.