РусскийEnglish

467-modda. Soliq stavkalari

Soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:

T/r

Soliq toʻlovchilar

Soliq stavkalari, foizlarda

1.

Iqtisodiyotning barcha tarmoqlaridagi soliq toʻlovchilar, bundan 2 — 5-bandlarda nazarda tutilganlar mustasno

4

2.

Chakana savdo sohasidagi soliq toʻlovchilar

2.1.

joylashgan joyiga qarab:

aholisi soni yuz ming nafar va undan koʻp kishidan iborat shaharlarda

4

boshqa aholi punktlarida

2

borish qiyin boʻlgan va togʻli tumanlarda

1

2.2.

joylashgan joyidan qatʼi nazar, tamaki mahsulotlarini realizatsiya qilishdan tovar aylanmasi boʻyicha

4

3.

Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotib oluvchi, saralovchi, saqlovchi va qadoqlovchi tayyorlov tashkilotlari

tovar aylanmasining 4 yoki yalpi daromadning 25

4.

Yagona ishtirokchisi nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalari, “Nuroniy” jamgʻarmasi va “Oʻzbekiston Chernobilchilari” assotsiatsiyasi boʻlgan, umumiy sonida nogironligi boʻlgan shaxslar, urush va 1941 — 1945-yillardagi mehnat fronti veteranlari 50 foizdan kam boʻlmagan va nogironligi boʻlgan shaxslar, urush va 1941 — 1945-yillardagi mehnat fronti veteranlarining mehnatiga haq toʻlash fondi umumiy mehnatga haq toʻlash fondining 50 foizidan kam boʻlmagan soliq toʻlovchilar

0

5.

Yakka tartibdagi tadbirkorlar va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar

1

(467-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1108-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 03/25/1108/1217-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-yanvar)

(Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-1014-sonli Qonuniga asosan 467-modda ikkinchi qismining chiqarilish sanasi 2026-yil 1-yanvar — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2024-y., 03/24/1014/1067-son)

(Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-1014-sonli Qonuniga asosan 467-modda uchinchi qismining chiqarilish sanasi 2026-yil 1-yanvar — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2024-y., 03/24/1014/1067-son)

(Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-1014-sonli Qonuniga asosan 467-modda toʻrtinchi qismining chiqarilish sanasi 2026-yil 1-yanvar — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2024-y., 03/24/1014/1067-son)

Ushbu modda ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarining qoidalari 2026-yil 1-yanvardan eʼtiboran oʻz kuchini yoʻqotgan deb topiladi.

(467-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-1014-sonli Qonuniga asosan beshinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2024-y., 03/24/1014/1067-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-yanvar)

Matn lex.uz dagi 2026-yil 6-avgust holatidagi tahrir asosida. 2026-yil 11-sentabr va 21-oktabrda e'lon qilingan o'zgartishlar bu matnga hali kiritilmagan; amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring. Bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun berilgan.