РусскийEnglish

471-modda. Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy chet el investitsiyalari ishtirokidagi yuridik shaxslarga soliq solish shartlari

Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy chet el investitsiyalarini jalb etgan holda tashkil etilgan va qonunchilikda tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yuridik shaxslar uchun ayrim soliqlar boʻyicha imtiyozlarni qoʻllashning oʻziga xos xususiyatlari nazarda tutiladi.

(471-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy chet el investitsiyalari deganda chet davlatning fuqarolari boʻlgan jismoniy shaxslar, Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida doimiy yashovchi fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, shuningdek chet ellik nodavlat yuridik shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining kafolatini taqdim etmasdan amalga oshiriladigan investitsiyalar tushuniladi.

Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan yuridik shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan belgilanadigan muddatga kiritilgan toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy chet el investitsiyalari hajmiga qarab, yer soligʻini va mol-mulk soligʻini toʻlashdan ozod etish tarzidagi soliq imtiyozlari beriladi.

(471-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1108-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 03/25/1108/1217-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-yanvar)

Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa soliq imtiyozlardan foydalanishga haqli.

(471-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Matn lex.uz dagi 2026-yil 6-avgust holatidagi tahrir asosida. 2026-yil 11-sentabr va 21-oktabrda e'lon qilingan o'zgartishlar bu matnga hali kiritilmagan; amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring. Bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun berilgan.