78-modda. Soliq solish maqsadlarida hisobni yuritish
Agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq toʻlovchi yoki soliq agenti soliq solish maqsadlarida hisobni hisoblash usuli boʻyicha milliy valyutada yuritadi.
Foydali qazilmalarni qazib olish uchun maxsus renta soligʻini toʻlovchi boʻlgan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar soliq hisobini soliq solish maqsadida hisoblash usuli boʻyicha AQSH dollarida yuritishga haqli.
(78-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-741-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 03/21/741/1219-son)
Matn lex.uz dagi 2026-yil 6-avgust holatidagi tahrir asosida. 2026-yil 11-sentabr va 21-oktabrda e'lon qilingan o'zgartishlar bu matnga hali kiritilmagan; amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring. Bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun berilgan.