8-modda. Majburiylik prinsipi
Har bir shaxs ushbu Kodeksda belgilangan soliqlar va unda nazarda tutilgan yigʻimlarni toʻlashi shart.
Hech kimga soliqlar va yigʻimlarning barcha alomatlariga ega boʻlgan, biroq ushbu Kodeksda nazarda tutilmagan yoxud uning normalari buzilgan holda belgilangan soliqlar va yigʻimlarni toʻlash majburiyati yuklatilishi mumkin emas.
Matn lex.uz dagi 2026-yil 6-avgust holatidagi tahrir asosida. 2026-yil 11-sentabr va 21-oktabrda e'lon qilingan o'zgartishlar bu matnga hali kiritilmagan; amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring. Bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun berilgan.