B bo'limi, 1.4-band. Asosiy vositalar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo'lgan nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi
Asosiy vositalar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo'lgan nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi bo'yicha xarajatlar tarkibiga quyidagilar kiradi:
1.4.1. Asosiy ishlab chiqarish vositalarining, shu jumladan moliyaviy ijara (lizing) bo'yicha olingan, buxgalteriya hisobi to'g'risidagi qonunchilikka muvofiq hisoblangan amortizatsiya ajratmalari summasi.
1.4.2. Ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo'lgan nomoddiy aktivlar (Gudvill (firmaning narxi)dan tashqari), buxgalteriya hisobi to'g'risidagi qonunchilikka muvofiq hisoblangan amortizatsiya ajratmalari summasi. Foydali foydalanish muddatini aniqlash imkoni bo'lmagan nomoddiy aktivlar (Gudvill (firmaning narxi)dan tashqari) bo'yicha eskirish normasi besh yil hisobiga belgilanadi, biroq xo'jalik yurituvchi subyekt faoliyati muddatidan ortiq emas.
Rasmiy matn lex.uz da; amaldagi tahririni o'sha yerda tekshiring. Bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun berilgan.