11-son BHMS nima?
Boshqa nomi: Ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari bo'yicha xarajatlar
11-sonli BHMS "Ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari bo'yicha xarajatlar": ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga xarajatlarni hisobga olish tartibini belgilaydi. Asosiy masala: bunday xarajatni aktiv sifatida tan olish yoki davr xarajati deb hisoblash. Iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 14-iyundagi 137-son buyrug'i bilan tasdiqlangan (AV 25.07.2024, 3535-son).