Majburiy zaxira nima?
Boshqa nomi: majburiy rezerv
Tijorat banki jalb qilgan mablag'larning Markaziy bank belgilagan ulushini kredit sifatida bermay, Markaziy bankda saqlashi shart bo'lgan qismi. Bu banklarning to'lov qobiliyatini mustahkamlaydi va Markaziy bankning pul-kredit siyosati vositalaridan biri hisoblanadi.