РусскийEnglish
Lug'at · Soliq

Transfer narx nima?

Boshqa nomi: transfer narxlash

O'zaro bog'liq shaxslar, jumladan bosh va shu'ba korxona o'rtasidagi bitimda qo'llanadigan narx. Bunday narx bozor narxidan sun'iy past yoki baland qo'yilsa, foyda soliq kamroq joyga "ko'chirilishi" mumkin; shuning uchun soliq organlari bunday bitimlar narxining bozor sharoitlariga mosligini tekshiradi; tartibi soliq qonunchiligida belgilanadi.

Manba: OECD: Transfer Pricing Guidelines for Multinational Enterprises and Tax Administrations; O'zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi

Yana qarang

Soliq: boshqa atamalar

← Barcha atamalar