23-modda. Tovarlarni va transport vositalarini bojxona chegarasi orqali olib o'tishga doir cheklovlar
Текст кодекса приводится на узбекском языке (латиница); перевода на этом сайте нет.
Tovarlarni va (yoki) transport vositalarini bojxona chegarasi orqali olib o'tishga doir cheklovlar xalqaro majburiyatlardan, ichki bozorni himoya qilish zarurligidan kelib chiqqan holda, shuningdek chet davlatlar va ular ittifoqlarining O'zbekiston Respublikasi manfaatlarini kamsituvchi yoki cheklovchi boshqa harakatlariga javob chorasi tariqasida qonunchilikka muvofiq belgilanishi mumkin. Mazkur cheklovlar kiritilishi munosabati bilan tovarlarni olib o'tayotgan shaxsda yoxud tashuvchida yuzaga kelgan xarajatlarning o'rni bojxona organlari tomonidan qoplanmaydi.
Официальный текст — на lex.uz кириллицей; эта копия на латинице дана для справки, действующую редакцию проверяйте на lex.uz.