103-modda. Erkin ombor bojxona rejimiga joylashtirilgan tovar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar
Erkin ombor bojxona rejimiga joylashtirilgan tovar bilan quyidagi operatsiyalar amalga oshirilishi mumkin:
tovarning o'zgarmas holatda but saqlanishini ta'minlash operatsiyalari;
tovarni sotishga va tashishga tayyorlash operatsiyalari, shu jumladan turkumlarga bo'lish, jo'natmalarni shakllantirish, saralash, o'rash-joylash, qayta o'rash-joylash, tamg'alash operatsiyalari (aksiz markalari bundan mustasno) va boshqa shu kabi operatsiyalar;
oddiy yig'ish operatsiyalari;
tovardan erkin omborda ishlatiladigan texnologik uskuna va uning ehtiyot qismlari, yuklash-tushirish texnikasi, boshqa texnik vositalar sifatida foydalanish operatsiyalari.
Erkin ombor bojxona rejimiga joylashtirilgan tovar bilan chakana savdo operatsiyalarini amalga oshirishga yo'l qo'yilmaydi.
Erkin ombor bojxona rejimiga joylashtirilgan tovar bilan ayrim operatsiyalarni amalga oshirishga qonunchilikka muvofiq taqiqlar va cheklovlar belgilanishi mumkin.
Rasmiy matn — lex.uz dagi kirill yozuvidagi matn; bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun, amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring.