РусскийEnglish

103¹-modda. Erkin ombor bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarni boshqa shaxsga o'tkazish

Erkin ombor bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarni boshqa shaxsga o'tkazishga unga nisbatan egalik qilish, undan foydalanish yoki uni tasarruf etish huquqini boshqa shaxsga berishga quyidagi shartlarga rioya etilgan taqdirda yo'l qo'yiladi:

tovarni yoki unga nisbatan egalik qilish, undan foydalanish yoki uni tasarruf etish huquqini boshqa shaxsga o'tkazuvchi vakolatli shaxs bojxona organini oldindan yozma shaklda xabardor etadi;

tovarga bo'lgan huquqni oluvchi vakolatli shaxs ushbu tovarga nisbatan tanlangan bojxona rejimi talablari va shartlariga rioya etgan holda bojxona yuk deklaratsiyasini bojxona organiga beradi.

Vakolatli shaxsning tovarga nisbatan egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqi bojxona yuk deklaratsiyasi bojxona organiga berilgan paytdan e'tiboran boshqa shaxsga o'tkazilgan deb hisoblanadi. Bojxona yuk deklaratsiyasi berilgan paytda mazkur shaxsda bojxona rejimiga rioya etilishini ta'minlash bilan bog'liq bo'lgan majburiyatlar yuzaga keladi.

Rasmiy matn — lex.uz dagi kirill yozuvidagi matn; bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun, amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring.