108-modda. Tovarni erkin bojxona zonasi bojxona rejimiga joylashtirish uchun zarur bo'ladigan hujjatlar
Tovarni erkin bojxona zonasi bojxona rejimiga joylashtirish uchun deklarant bojxona organiga bojxona yuk deklaratsiyasini va tovarning kuzatuv hujjatlarini taqdim etadi.
Ruxsat etish xususiyatiga ega tegishli hujjatlar bo'lgan taqdirda erkin bojxona zonasi bojxona rejimiga joylashtiriladigan tovarga nisbatan bojxona organlarining axborot tizimida bunday hujjatlar mavjudligini bojxona organi mustaqil ravishda tekshiradi.
Rasmiy matn — lex.uz dagi kirill yozuvidagi matn; bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun, amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring.