РусскийEnglish

109-modda. Erkin bojxona zonasi bojxona rejimiga joylashtirilgan tovar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar

Erkin bojxona zonasi bojxona rejimiga joylashtirilgan tovar bilan operatsiyalar erkin iqtisodiy zonalar to'g'risidagi qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.

Erkin bojxona zonasi bojxona rejimiga joylashtirilgan tovar bilan chakana savdo operatsiyalarini amalga oshirishga yo'l qo'yilmaydi, bundan qonunchilikda belgilangan hollar mustasno.

Erkin bojxona zonasi bojxona rejimiga joylashtirilgan tovar bilan ayrim operatsiyalarni amalga oshirishga qonunchilikka muvofiq taqiqlar va cheklovlar belgilanishi mumkin.

Rasmiy matn — lex.uz dagi kirill yozuvidagi matn; bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun, amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring.