РусскийEnglish

123-modda. Tovarni yo'q qilish bojxona rejimiga joylashtirish uchun zarur bo'ladigan hujjatlar

Tovarni yo'q qilish bojxona rejimiga joylashtirish uchun deklarant bojxona organiga:

bojxona yuk deklaratsiyasini;

tovarning kuzatuv hujjatlarini;

O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi tomonidan belgilangan shakl bo'yicha tuzilgan yo'q qilish dalolatnomasini taqdim etadi.

Ruxsat etish xususiyatiga ega tegishli hujjatlar bo'lgan taqdirda yo'q qilinadigan tovarlarga nisbatan bojxona organlarining axborot tizimida bunday hujjatlar mavjudligini bojxona organi mustaqil ravishda tekshiradi.

Rasmiy matn — lex.uz dagi kirill yozuvidagi matn; bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun, amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring.