124-modda. Tovarni yo'q qilish muddati va joyi
Tovarni yo'q qilish muddati mazkur turdagi tovarni yo'q qilish operatsiyasini amalga oshirish uchun zarur bo'ladigan vaqtdan kelib chiqqan holda bojxona organi tomonidan vakolatli shaxsning arizasi asosida belgilanadi. Tovarni yo'q qilish ma'lum qilingan usulda hamda tovarni turgan joyidan yo'q qilish joyiga tashishga ketadigan vaqt hisobga olingan holda amalga oshiriladi.
Tovarni yo'q qilish joyi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi davlat organining xulosasi inobatga olingan holda vakolatli shaxs tomonidan belgilanadi.
Rasmiy matn — lex.uz dagi kirill yozuvidagi matn; bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun, amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring.