125-modda. Yo'q qilish bojxona rejimini avariya yoki yengib bo'lmas kuch ta'siri oqibatida yo'q qilingan yoki shikastlangan tovarlarga nisbatan qo'llash
Yo'q qilish bojxona rejimi avariya yoki yengib bo'lmas kuch ta'siri oqibatida yo'q qilingan yoki shikastlangan tovarlarga nisbatan qo'llanilishi mumkin.
Tovarlarni yo'q qilish bojxona rejimiga joylashtirish to'g'risida ma'lum qilgan shaxs bojxona organlariga tegishli vakolatli organning ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan holatlarning mavjudligi hamda tovarlar shu holatlar natijasida yo'q qilinganligi yoki shikastlanganligi to'g'risidagi xulosasini taqdim etishi kerak.
Avariya yoki yengib bo'lmas kuch ta'siri oqibatida yo'q qilingan yoki shikastlangan tovarlar yo'q qilish bojxona rejimiga joylashtirilayotganda ushbu Kodeks 122-moddasi birinchi qismining va 127-moddasining qoidalari qo'llaniladi.
Rasmiy matn — lex.uz dagi kirill yozuvidagi matn; bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun, amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring.