164-modda. Jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlarda olib o'tiladigan tovarlarning bojxona qiymati
Jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlarda olib o'tiladigan tovarlarning qiymati ularni deklaratsiyalashda ma'lum qilinadi.
Jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlarda bojxona chegarasi orqali olib o'tiladigan tovarlarning bojxona qiymati cheklar, kvitansiyalar va (yoki) boshqa tijorat hujjatlari bilan tasdiqlangan, ma'lum qilingan qiymatdan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Shaxs tomonidan ma'lum qilingan tovarlarning bojxona qiymati to'g'ri belgilanganligini tasdiqlovchi hujjatlar va ma'lumotlar bo'lmagan taqdirda bojxona organi tovarlarning bojxona qiymatini ushbu Kodeksning 44-bobiga muvofiq mustaqil ravishda belgilashi mumkin.
Tovarlar bojxona hududiga alohida kelayotgan bagajda olib kirilgan, shuningdek xalqaro pochta va kuryerlik jo'natmalarida yuborilgan taqdirda ularning bojxona qiymatiga tovarlarni aeroportgacha, daryo portigacha yoki tovarlar bojxona hududiga olib kiriladigan boshqa joygacha yetkazib berish xarajatlari qo'shiladi.
Rasmiy matn — lex.uz dagi kirill yozuvidagi matn; bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun, amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring.