РусскийEnglish

165-modda. Xalqaro pochta va kuryerlik jo'natmalari

Bojxona chegarasi orqali olib o'tiladigan pochta yoki kuryerlik jo'natmalari xalqaro pochta yoki kuryerlik jo'natmalaridir.

Xalqaro pochta jo'natmalari Umumjahon pochta ittifoqining hujjatlarida nazarda tutilgan hujjatlar bilan birga yuborilishi kerak.

Xalqaro kuryerlik jo'natmalari tijorat hujjatlari bilan birga yuborilishi kerak.

Xalqaro pochta va kuryerlik jo'natmalarida tegishincha bojxona hududiga olib kirilishi yoki ushbu hududdan olib chiqilishi qonunchilikda taqiqlangan tovarlarni yuborishga yo'l qo'yilmaydi.

Rasmiy matn — lex.uz dagi kirill yozuvidagi matn; bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun, amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring.