176-modda. Bojxona omborining, boj olinmaydigan savdo do'konining va erkin omborning faoliyatini litsenziyalash
Bojxona omborining, boj olinmaydigan savdo do'konining va erkin omborning faoliyatini litsenziyalash qonunchilikda belgilangan tartibda bojxona organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Agar bojxona ombori bojxona organlari tomonidan ta'sis etilayotgan bo'lsa, litsenziya olish talab qilinmaydi.
Bojxona ombori va erkin ombor egalarining tovarlarni va transport vositalarini omborlarga joylashtirayotgan shaxslar bilan o'zaro munosabatlari shartnoma asosida yo'lga qo'yiladi.
O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi bojxona omborlarining, boj olinmaydigan savdo do'konlarining va erkin omborlarning reyestrlarini yuritadi, shuningdek mazkur reyestrlardagi ma'lumotlarni o'z rasmiy veb-saytiga joylashtiradi.
Rasmiy matn — lex.uz dagi kirill yozuvidagi matn; bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun, amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring.