191-modda. Og'zaki so'rov
Og'zaki so'rov bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan vakolatli shaxslardan va bojxona nazoratini amalga oshirish uchun ahamiyatga molik holatlar to'g'risida ma'lumotlarga ega boshqa shaxslardan zarur axborotni og'zaki shaklda, bunday so'rov natijalarini yozma shaklda rasmiylashtirmagan holda olishni nazarda tutadi.
Rasmiy matn — lex.uz dagi kirill yozuvidagi matn; bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun, amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring.