192-modda. Axborot olish
Axborot olish bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan vakolatli shaxslardan va bojxona nazoratini amalga oshirish uchun ahamiyatga molik holatlar to'g'risida ma'lumotlarga ega boshqa shaxslardan zarur axborot olishni nazarda tutadi.
Axborot olish uchun vakolatli shaxsni va boshqa shaxsni chaqirish zarur bo'lgan taqdirda bojxona organi yozma shaklda xabar yuboradi.
Rasmiy matn — lex.uz dagi kirill yozuvidagi matn; bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun, amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring.