РусскийEnglish

205-modda. Xavf tahlili ob'yektlari

Xavf tahlili ob'yektlari jumlasiga quyidagilar kiradi:

bojxona nazorati ostida bo'lgan yoxud erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlar;

tijorat uchun foydalaniladigan transport vositalari;

oldi-sotdi yoki ayirboshlashga doir tashqi iqtisodiyot kontraktlarida (shartnomalarida, kelishuvlarida), tovarlarga egalik qilish, ulardan foydalanish va (yoki) ularni tasarruf etish huquqiga oid bitimlarda yoxud boshqa hujjatlarda ko'rsatilgan ma'lumotlar;

tovarning kuzatuv hujjatlarida va boshqa hujjatlarda ko'rsatilgan ma'lumotlar;

bojxona nazorati ostida turgan tovarlarga nisbatan vakolatga ega bo'lgan shaxslarning faoliyati;

bojxona nazorati shakllari qo'llanilishining natijalari.

Rasmiy matn — lex.uz dagi kirill yozuvidagi matn; bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun, amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring.