РусскийEnglish

208-modda. Bojxona ekspertizasi tushunchasi va maqsadi

Bojxona ekspertizasi tovarlarni identifikatsiyalashga qaratilgan hamda ekspert tomonidan fan, texnika, san'at yoki hunarmandchilik sohasidagi maxsus bilimlar asosida tadqiqotlar o'tkazish va xulosa berishdan iborat protsessual harakatdir.

Bojxona ekspertizasining maqsadi tovarlarni:

O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasiga muvofiq tovarning tasniflanishi to'g'ri bo'lishini nazorat qilish uchun;

ularni qayta ishlash mahsulotlarida;

intellektual mulkka bo'lgan huquqlarga rioya etilishi uchun identifikatsiyalashdan iboratdir.

Rasmiy matn — lex.uz dagi kirill yozuvidagi matn; bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun, amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring.