РусскийEnglish

231-modda. Guvohnomaning amal qilishini tugatish

Guvohnomaning amal qilishi quyidagi hollarda tugatiladi:

avtotransport vositasi tovarlarni bojxona plombalari va muhrlari ostida tashish uchun yaroqsiz holga kelganda;

avtotransport vositalarining milliy davlat ro'yxatidan o'tkazish raqamlari almashganda;

guvohnomaning amal qilish muddati tugaganda.

Ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan holatlar yuzaga kelishi bilan guvohnomaning amal qilishi tugatilgan deb hisoblanadi hamda guvohnomaning amal qilishi tugatilganligi to'g'risida bojxona organi tomonidan qaror qabul qilish talab etilmaydi.

Rasmiy matn — lex.uz dagi kirill yozuvidagi matn; bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun, amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring.