РусскийEnglish

232-modda. Guvohnomani bekor qilish

Guvohnoma quyidagilar asosida bekor qilinadi:

arizachining guvohnomani bekor qilish to'g'risidagi arizasi;

transport vositasining konstruksiyasi o'zgartirilganligi fakti — guvohnoma konstruksiyaning turi bo'yicha berilganda;

guvohnoma qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olinganligi fakti aniqlanganda;

bojxona organining guvohnoma berish to'g'risidagi qarori qonunga xilof ekanligi aniqlanganda.

Guvohnoma ushbu modda birinchi qismining ikkinchi va uchinchi xatboshilarida ko'rsatilgan hollarda bojxona organi tomonidan, ushbu modda birinchi qismining to'rtinchi va beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda esa sud tomonidan bekor qilinadi.

Guvohnoma bekor qilingan taqdirda u bojxona organiga qaytarilishi va yo'q qilinishi lozim.

Guvohnomani bekor qilish to'g'risidagi sud qarori arizachiga va bojxona organiga qonunchilikda belgilangan muddatlarda yetkaziladi.

Guvohnomani bekor qilish to'g'risidagi bojxona organining qarori arizachiga qaror qabul qilingan kundan e'tiboran bir ish kunidan kechiktirmay O'zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki «Litsenziya» axborot tizimi orqali yetkaziladi.

Rasmiy matn — lex.uz dagi kirill yozuvidagi matn; bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun, amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring.