236-modda. Bojxona tashuvchilarining reyestriga kiritilish shartlari
O'zbekiston Respublikasi yuridik shaxsini Bojxona tashuvchilarining reyestriga kiritish shartlari quyidagilardan iborat:
avtotransportda yuklarni xalqaro tashish bo'yicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaning mavjudligi va bojxona organiga ariza berilgan sanaga qadar kamida ikki yil davomida ushbu faoliyat amalga oshirilganligi;
ushbu Kodeksning 47-bobiga muvofiq bojxona to'lovlari to'lanishining ta'minlanganligi;
ushbu Kodeksning 227-moddasi talablariga muvofiq tovarlarni bojxona plombalari va muhrlari ostida tashish uchun yaroqli avtotransport vositalarining borligi;
O'zbekiston Respublikasi yuridik shaxsining fuqarolik javobgarligi xavfini sug'urtalash shartnomasi borligi.
Rasmiy matn — lex.uz dagi kirill yozuvidagi matn; bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun, amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring.