РусскийEnglish

237-modda. Bojxona tashuvchilarining reyestriga kiritilish uchun zarur bo'ladigan hujjatlar

Bojxona tashuvchilarining reyestriga kiritilish uchun O'zbekiston Respublikasining yuridik shaxsi O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi tomonidan belgilanadigan shaklda yozilgan ariza;

ushbu Kodeksning 236-moddasida nazarda tutilgan shartlarga rioya etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar.

Arizachidan ushbu moddada nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yo'l qo'yilmaydi.

Arizachi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda ko'rsatilgan ma'lumotlar bojxona organi aksini isbotlamagunicha, barcha hollarda to'g'ri deb hisoblanadi.

Hujjatlarda ko'rsatilgan ma'lumotlarning to'g'riligi uchun javobgarlik arizachining zimmasida bo'ladi.

Rasmiy matn — lex.uz dagi kirill yozuvidagi matn; bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun, amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring.