РусскийEnglish

238-modda. Bojxona tashuvchilarining reyestridan chiqarilish uchun asos

Bojxona tashuvchilarining reyestridan chiqarilish uchun quyidagilar asos bo'ladi:

bojxona tashuvchisining o'zini Bojxona tashuvchilarining reyestridan chiqarish to'g'risidagi arizasi;

Bojxona tashuvchilarining reyestriga kiritilish shartlariga rioya etilmaganligi;

ushbu Kodeksning 239-moddasida nazarda tutilgan majburiyatlarga bojxona tashuvchisi tomonidan rioya etilmaganligi;

bojxona tashuvchisining qayta tashkil etilganligi, bundan uning o'zgartirilganligi mustasno;

bojxona tashuvchisining qonunchilikka muvofiq tugatilganligi.

Rasmiy matn — lex.uz dagi kirill yozuvidagi matn; bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun, amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring.