РусскийEnglish

25-modda. Bojxona rejimlarining turlari

Tovarlarni bojxona chegarasi orqali olib o'tish maqsadlariga bog'liq holda ularning bojxona rasmiylashtiruvi bojxona rejimlarining quyidagi turlariga muvofiq amalga oshiriladi:

1) eksport;

2) reeksport;

3) vaqtincha olib chiqish;

4) bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash;

5) erkin muomalaga chiqarish (import);

6) reimport;

7) vaqtincha olib kirish;

8) bojxona hududida qayta ishlash;

9) vaqtincha saqlash;

10) bojxona ombori;

11) erkin ombor;

12) erkin bojxona zonasi;

13) boj olinmaydigan savdo;

14) bojxona tranziti;

15) yo'q qilish;

16) davlat foydasiga voz kechish.

Rasmiy matn — lex.uz dagi kirill yozuvidagi matn; bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun, amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring.