РусскийEnglish

294-modda. Bojxona to'lovlarini to'lash bo'yicha majburiyat

Bojxona to'lovlarini to'lash bo'yicha majburiyat:

tovar bojxona to'lovlarini to'lash nazarda tutilgan bojxona rejimiga joylashtirilganda, shuningdek ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda;

ushbu Kodeksning 201-moddasiga muvofiq tovarlar chiqarib yuborilganidan keyin bojxona nazoratini amalga oshirish natijasida bojxona to'lovlari qo'shimcha hisoblangan taqdirda yuzaga keladi.

Bojxona to'g'risidagi qonunchilik buzilishlari hollari aniqlanmagan, erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirilmagan yoki boshqa bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarga nisbatan quyidagi hollarda bojxona to'lovlarini to'lash majburiyati yuzaga kelmaydi yoki to'langan bojxona to'lovlari qaytarilishi lozim:

agar bunday tovarlar davlat mulkiga o'tkazilgan yoki yo'q qilingan yoxud o'zining iste'mol xossalarini yo'qotish holatiga keltirilgan bo'lsa;

agar bunday tovarlar avariya yoki yengib bo'lmas kuch ta'siri oqibatida yo'q qilingan yoki qaytarib bo'lmas tarzda yo'qotilgan bo'lsa. Ushbu yo'q qilinganlik yoki yo'qotilganlik holatlari vakolatli shaxs va vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlangan bo'lishi kerak;

bunday tovarlar tabiiy ravishda kamaygan taqdirda, bunda tabiiy kamayish holati vakolatli shaxs va vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlangan bo'lishi kerak.

Rasmiy matn — lex.uz dagi kirill yozuvidagi matn; bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun, amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring.