295-modda. Bojxona to'lovlarini to'lovchilar
Bojxona to'lovlarini to'lovchi (bundan buyon matnda to'lovchi deb yuritiladi) quyidagilardan iborat:
deklarant;
bojxona brokeri, agar deklarant bilan tuzilgan shartnomada bu nazarda tutilgan bo'lsa;
bojxona omborining, erkin omborning, boj olinmaydigan savdo do'konining egasi, tashuvchi, ular tomonidan bojxona rejimlarining qo'llanilish talablari va shartlariga amal qilinmaganda;
xalqaro pochta va kuryerlik jo'natmalarining pochta aloqasi operatorlari va provayderlari, basharti bojxona nazorati ostida bo'lgan xalqaro pochta va kuryerlik jo'natmalari yo'qolsa yoki bojxona nazoratisiz berilsa.
Har qanday manfaatdor shaxs to'lovchi uchun bojxona to'lovlarini to'lashga haqli.
Rasmiy matn — lex.uz dagi kirill yozuvidagi matn; bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun, amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring.