296-modda. Bojxona to'lovlarini to'lash bo'yicha imtiyozlar va tarif preferensiyalari berish
Ushbu Kodeksga, boshqa qonunlarga, shuningdek O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlariga binoan yuridik va jismoniy shaxslarga tarif imtiyozlari, qo'shilgan qiymat solig'ini, aksiz solig'ini va bojxona yig'imlarini to'lash bo'yicha imtiyozlar, tarif preferensiyalari berilishi mumkin.
Rasmiy matn — lex.uz dagi kirill yozuvidagi matn; bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun, amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring.