30-modda. Tovarni eksport bojxona rejimiga joylashtirish talablari va shartlari
Tovarni eksport bojxona rejimiga joylashtirish talablari va shartlari bojxona to'lovlarini to'lash hamda iqtisodiy siyosat choralariga rioya etishdan iboratdir.
Tovarni eksport bojxona rejimiga joylashtirish qonunchilikka muvofiq boshqa talablar va shartlarga rioya etgan holda ham amalga oshirilishi mumkin.
Eksport bojxona rejimiga muvofiq chiqarilgan tovar bojxona deklaratsiyasi ro'yxatdan o'tkazilgan kuni qanday holatda bo'lsa, amalda shunday holatda bojxona hududidan olib chiqilishi lozim, bundan tovar holatining tabiiy eskirishi yoki tashish va (yoki) saqlash normal sharoitlarida kamayishi oqibatida ro'y bergan o'zgarishlari mustasno.
Rasmiy matn — lex.uz dagi kirill yozuvidagi matn; bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun, amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring.