31-modda. Tovarni eksport bojxona rejimiga joylashtirish uchun zarur bo'ladigan hujjatlar
Eksport bojxona rejimiga nisbatan bojxona rasmiylashtiruvi uchun zarur bo'ladigan hujjatlarning ro'yxati O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Tegishli ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar mavjud bo'lgan taqdirda eksport qilinadigan tovarlarga nisbatan bojxona organlarining axborot tizimida bunday hujjatlarning mavjudligini bojxona organi mustaqil ravishda tekshiradi.
Rasmiy matn — lex.uz dagi kirill yozuvidagi matn; bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun, amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring.