323-modda. Bojxona to'lovlarini hisoblab chiqarish tartibi
Bojxona to'lovlari deklarant tomonidan hisoblab chiqariladi.
Bojxona to'lovlarini hisoblab chiqarish O'zbekiston Respublikasining milliy valyutasida amalga oshiriladi, bundan ushbu Kodeksning 66-moddasida va boshqa qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Rasmiy matn — lex.uz dagi kirill yozuvidagi matn; bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun, amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring.