РусскийEnglish

324-modda. Bojxona to'lovlari stavkalarining qo'llanilishi

Bojxona to'lovlarini hisoblab chiqarish uchun:

bojxona organi tomonidan bojxona deklaratsiyasi qabul qilingan kuni amalda bo'lgan, bundan ushbu Kodeksning 172 va 325-moddalarida nazarda tutilgan hollar mustasno;

bojxona rasmiylashtiruvi bilan bog'liq bo'lmagan bojxona to'lovlarini to'lashda bojxona organi tomonidan harakatlar yoki tartib-taomillar bajarilgan kuni amalda bo'lgan stavkalar qo'llaniladi.

Rasmiy matn — lex.uz dagi kirill yozuvidagi matn; bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun, amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring.