339-modda. Bojxona to'lovlari to'lanishini ta'minlash usullari
Bojxona to'lovlari to'lanishini ta'minlash to'lovchining tanloviga ko'ra quyidagi istalgan usullar orqali amalga oshiriladi:
pul mablag'larini bojxona organining shaxsiy g'azna hisobvarag'iga kiritish;
tovarlarni garovga qo'yish;
bank kafolatini taqdim etish;
bojxona to'lovlarini to'lash majburiyatini sug'urtalash;
kafillik.
Rasmiy matn — lex.uz dagi kirill yozuvidagi matn; bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun, amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring.