344-modda. Bojxona to'lovlari to'lanishini ta'minlash sifatida bank kafolatini qo'llash
Bojxona to'lovlari to'lanishini ta'minlash sifatida O'zbekiston Respublikasida bank operatsiyalarini o'tkazish huquqiga ega bo'lgan bankning kafolati qo'llanilishi mumkin.
Bank kafolatida ko'rsatilgan bojxona to'lovlari to'lanishini ta'minlash summasining miqdori to'lanishi lozim bo'lgan bojxona to'lovlarining va foizlarning summasidan kam bo'lmasligi kerak.
To'lovchi tomonidan bank kafolati bilan ta'minlangan majburiyat bajarilmagan taqdirda, to'lanishi lozim bo'lgan bojxona to'lovlarining summasi va foizlar qonunchilikka muvofiq so'zsiz tartibda kafolat bergan bankdan bojxona organi tomonidan undirib olinadi.
Rasmiy matn — lex.uz dagi kirill yozuvidagi matn; bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun, amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring.