РусскийEnglish

345-modda. Bojxona to'lovlari to'lanishini ta'minlash sifatida sug'urta majburiyatini qo'llash

Bojxona to'lovlari to'lanishini ta'minlash sifatida to'lovchining fuqarolik javobgarligini sug'urtalash shartnomasiga ko'ra sug'urtalovchining majburiyatlari kuchga kirganligini tasdiqlovchi sug'urta polisi qo'llanilishi mumkin.

Sug'urta polisi bilan tasdiqlanadigan bojxona to'lovlari to'lanishini ta'minlash summasining miqdori to'lanishi lozim bo'lgan bojxona to'lovlarining va foizlarning summasidan kam bo'lmasligi kerak.

Sug'urta polisi bilan ta'minlangan majburiyat to'lovchi tomonidan bajarilmagan taqdirda bojxona to'lovlarining summasi va foizlar sug'urta polisini bergan sug'urtalovchidan bojxona organi tomonidan so'zsiz tartibda qonunchilikka muvofiq undirib olinadi.

Rasmiy matn — lex.uz dagi kirill yozuvidagi matn; bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun, amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring.