РусскийEnglish

378-modda. Bojxona ishida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish

Bojxona ishi, qoida tariqasida, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida amalga oshiriladi.

Yuridik yoki jismoniy shaxslar, shu jumladan chet ellik shaxslar bojxona ishida boshqa davlat organlarining axborot tizimlari bilan o'zaro hamkorlik qiluvchi bojxona organlarining axborot tizimlaridan foydalanishi mumkin.

Bojxona ishida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish axborot xavfsizligi talablariga rioya etilgan holda amalga oshiriladi.

Rasmiy matn — lex.uz dagi kirill yozuvidagi matn; bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun, amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring.