РусскийEnglish

379-modda. Bojxona ishida foydalaniladigan axborot resurslari

Bojxona ishida foydalaniladigan axborot resurslari bojxona organlarining axborot tizimlarida yaratiladigan, ishlov beriladigan va to'plab boriladigan ma'lumotlar bazasini o'z ichiga olgan hujjatlashtirilgan axborotning tashkil etilgan majmuidir.

Bojxona organlarining ixtiyorida bo'lgan axborot resurslari ochiqdir va ulardan hamma erkin foydalanishi mumkin, bundan ulardagi axborotdan foydalanish qonunchilikka muvofiq cheklangan hollar mustasno.

Rasmiy matn — lex.uz dagi kirill yozuvidagi matn; bu lotin yozuvidagi nusxa ma'lumot uchun, amaldagi tahririni lex.uz da tekshiring.